Toshkent viloyatida yana bir fotoradar qoidabuzarliklarni aniqlay boshladi
Toshkent viloyatida 21-may kunidan boshlab avtomatik tarzda qoidabuzarliklarni aniqlovchi fotoradar ishlay boshladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Xalqaro ahamiyatga ega M39 «Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz» avtomobil yo‘lining 838-839 kilometrlari oralig‘ida YTHlarning oldini olish maqsadida, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining so‘rovidan, mahalla faollari va fuqarolarining murojaatlaridan kelib chiqqan holda avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi texnik vositasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi.
21-may kunidan boshlab fotoradar ishlay boshladi.
Ushbu moslamani o‘rnatilishdan maqsad transport vositalarini hamda piyodalarni normal holatda harakatlanishlarini ta’minlash, ko‘ngilsiz hodisalar, og‘ir oqibatli YTHlar salmog‘ini kamaytirishdan iborat.
Bu boradagi ishlar Toshkent viloyatining boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter