Toshkent markazidagi ikki ko‘cha qisman yopiladi

Yo‘l ta’mirlash ishlari sababli Alisher Navoiy shohko‘chasi va Abay ko‘chasi qisman yopiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 21 mart kuni soat 21:00 dan 24 mart soat 06:00 gacha:
- Alisher Navoiy shohko‘chasi Vebster universiteti yaqinidagi svetofordan 31-uygacha bo‘lgan oraliqda;
- Abay ko‘chasi «Alisher Navoiy» metro bekatidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha transport vositalarining harakati to‘xtatiladi.
Yo‘l ta’mirlash jarayonida haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter