Sug‘urtangiz yoningizda bo‘lmasa, mashinani «jarima maydoni»ga qo‘yish amaliyoti bekor bo‘lishi mumkin
Biron tashvish bilan bo‘lib, sug‘urta polisi uyda qolib ketish holatlari kam bo‘lsa-da, uchrab turadi. Aksiga olib shu kuni sizni «GAI» to‘xtatadi. Ming yalinmang mashinangiz «jarima maydoni»ga tiqiladi. Kamiga ham jarima to‘laysiz, ham jarima maydoni haqini to‘laysiz.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga xabar berishicha, mazkur partiya a’zolari Alisher Hamroyev va Farhodbek Ashmatov «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasiga o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Ya’ni, endi sug‘urtangiz yoningizda bo‘lmasa, mashinangiz «jarima maydoni»ga qo‘yilmasligi mumkin.
Bugun bo‘lib o‘tgan «Milliy tiklanish» DP fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi bir ovozdan ma’qullanib, fuqarolarning mulk huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish lozimligini, qonunchilikda bir holatda ikki marta to‘lov to‘lash holatlariga chek qo‘yish vaqti kelganini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter