«Chevrolet Tracker»ning narxi ma’lum bo‘ldi
![«Chevrolet Tracker»ning narxi ma’lum bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3325669821.jpg)
Keyingi haftadan boshlab «Chevrolet Tracker» avtomashinalari sotuvga chiqariladi, deya xabar bermoqda «Telegram»dagi «Davletovuz» kanali.
Ma’lum bo‘lishicha, «Chevrolet Tracker» LT pozitsiyasi uchun 185 mln.so‘m, «Chevrolet Tracker» LT AT pozitsiyasi uchun 215 mln.so‘m narx belgilangan.
Shu kunlarda qo‘shni Qozog‘istonda «Chevrolet Tracker LT bizning so‘mga hisoblaganda 126 mln.so‘mdan, «Chevrolet Tracker» LT AT 169 mln.so‘mdan taklif etilmoqda.
Avvalroq, Toshkent ko‘chalarida ushbu mashina paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter