Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chevrolet Tracker» sotuvga chiqarildi

«Chevrolet Tracker» sotuvga chiqarildi

Foto:«GM Uzbekistan»

2018 yilning 10 dekabridan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

Model universallik, uslub va ixchamlikning birday mujassamligidir. Tracker komplektatsiyalarida xaridorlarga avtomatik kruiz nazorati, (BYOM2) ma’lumot-ko‘ngilochar tizimi, cvetodiodli kunduzgi yoritish chiroqlari taqdim etilgan. Avtomobil komplektatsiyasiga shuningdek 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa parkovka datchiklari, shuningdek alyuminiy disklari ’R18 215/55 kiradi.

Tracker subixcham avtomobillar sinfiga kiradi: uzunligi 4257 mm, kengligi 1776 mm va balandligi 1679 mm. Avtomobilning yoqilg‘i baki 53 litrni tashkil qiladi.

Avtomobil ko‘rinishi jihatdan juda ko‘rkam bo‘lib, unda sport va bashanglik mujassamligi aks etadi. Avtomobilning 1,8 litrli dvigatel hajmi 140 ot kuchiga teng. Avtomobilning mustahkamligi, ishonchliligi va shinamligi SUV V ishqibozi bo‘lgan hech bir xaridorni befarq qoldirmaydi.

Avtomobilning yoqilg‘i sarfi MT5/AT6 transmissiyali aralash siklda 100 km.ga 7,1 l. tashkil qiladi. Avtomobil 10,6 soniyada 100 km/s tezlikka yetadi. Model 4-silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Yuqorisifatli salonning jihozlanishi eng talabchan avtomobil ishqibozlarini ham befarq qoldirmaydi.

Birinchi bosqichda Tracker krossoveri savdosi va xizmat ko‘rsatishi bilan O‘zbekistondagi birinchi multibrend «Nurafshon AvtoMarkaz» avtosalonining Sergeli tumani Obihayot ko‘chasi, 39 uyda joylashgan filiali shug‘ullanadi.

Bizning xaridorlarga avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: Tracker LT M/T va Premier A/T. Tracker’ning LT M/T komplektatsiyasi narxi — 184 308 855 so‘m, Premier A/T esa 215 680 575 so‘mni tashkil qiladi.

Tracker yangi modeli o‘z sinfida uslub, sifat, qulaylik va xavfsizlikni mujassam qilgan yangi avtomobil bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga aytish joizki, avtomobilning kompaniya modellar qatoridan joy olishi O‘zbekiston bozori uchun mutlaqo yangi bo‘lgan SUV V sinfini qo‘shish maqsadida amalga oshirilmoqda, Tracker Saptiva avtomobilining o‘rnini egallashga mo‘ljallanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring