Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samosval haydovchisi shaxsiy «Lend Kruzer»ini bexosdan yanchib o‘tib ketdi

Samosval haydovchisi shaxsiy «Lend Kruzer»ini bexosdan yanchib o‘tib ketdi

Foto: «Zr.ru»

Avstraliya g‘arbidagi Pilbara temir konida ulkan samosval «Komatsu»ni boshqarayotgan haydovchi bilmasdan o‘zining shaxsiy pikapi («Toyota Land Cruiser 70»)ni yanchib o‘tib ketdi, deb yozmoqda «Za rulyom».

YTH yirik kon qazish kompaniyasida sodir bo‘lgan. Ruda ortib kelayotgan 455 tonnali samosval haydovchisi rulni burganida qattiq ovozni eshitib, kattaroq to‘siqqa duch keldim deb o‘ylab, to‘xtaydi. Tushib qarasa, bu «to‘siq» o‘zi qoldirib ketgan pikapi («Toyota Land Cruiser 70») ekan.

«Lend Kruzer»ning kabinasi butunlay majaqlangan, ramasi egilib ketgandi. Tiklab bo‘lmaydi. «Komatsu»ning esa old o‘ng shinasi ozgina tirnaldi, xolos.

Haydovchiga «ko‘rinmas hudud» pand bergandi.

«Komatsu»da «ko‘rinmas hudud» quyidagicha bo‘ladi:

Mashinaning oldidagi uch metr, ortidagi bort bo‘ylab besh metr.

To‘siqdan o‘ng tomon — bir yarim metr.

Bu toifa mashinalarning aksariyatida bortning o‘ng tomoni umuman ko‘rinmaydi.


Mavzuga oid: Rulda ko‘rinmas hududni kamaytirish uchun nima qilish kerak?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring