Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi dovon yopildi
Muzlamalar sababli «Taxtaqoracha» dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovonida qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi, shuningdek, qor ko‘chishi, yo‘lda ko‘rish masofasi cheklanishi, quyuq tuman tushishi ehtimoli bo‘lganligi sababli dovon orqali transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter