Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rulda video tomosha qilgan avtobus haydovchisi «haqi»ni oldi

Rulda video tomosha qilgan avtobus haydovchisi «haqi»ni oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda «8-avtobus saroyi» MChJga biriktirilgan 97A-sonli yo‘nalishdagi «Isuzu» rusumli avtobus haydovchisi K.T. boshqaruv vaqtida videorolik tomosha qilib ketayotganligi aks etgan foto tarqaldi va bu keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mazkur foto Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganildi hamda ushbu haydovchi aniqlanib, unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek haydovchiga avtosaroyning tegishli buyrug‘iga asosan intizomiy jazo chorasi ko‘rildi.

«Barcha haydovchilardan boshqaruv vaqtida telefondan foydalanmasliklarini so‘raymiz», deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring