Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi
Ravon avtomobil brendi 2022 yilga qadar yana 8 ta yangi model ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiyaning «Izvestiya» nashri kompaniya vakiliga asoslanib xabar tarqatmoqda.
Xabar qilinishicha, barcha avtomobillar General Motors bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi. Eslatib o‘tamiz, Ravon avgust oyida Rossiya bozoriga qaytish istagini bildirgan edi.
Kompaniya 2018 yilning bahorida Rossiya bozorida o‘z mahsulotlarini sotishni to‘xtatgandi. 9 sentyabrda tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Ravon R2 (Spark) Rossiyada sotilayotgan eng arzon xorijiy avtomobillar beshligiga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter