Rasman! Avtoraqamlar uchun to‘lovlar miqdori oshirilmoqda
Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan e’tiboran bir qator to‘lovlar oshirilmoqda, deb xabar berdi Rasul Kusherbayev.
Unga ko‘ra quyidagi yangi to‘lov miqdorlari belgilangan:
- Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari(RO‘DRB) uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida (amalda BHMning 1,5 miqdori);
- Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida (amalda BHMning 75 foizi);
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida (amalda BHMning 1 baravari);
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida (amalda BHMning 50 foizi miqdorida).
Shuningdek:
- yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
- yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
RO‘DRBni o‘n ikki oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter