Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: 1 000 ta tez yordam mashinasi xarid qilinadi

Prezident qarori: 1 000 ta tez yordam mashinasi xarid qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

«Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5129-son, 27.05.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish» loyihasining maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, jumladan:

  • Xalqaro standartlarga javob beruvchi 7 ta Milliy referens laboratoriya yaratiladi;
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan 17 ming 554 nafar xodimning malakasi oshiriladi;
  • 475 ta sanitariya-epidemiologiya xazmati muassasalari rekonstruksiya qilinadi, kapital ta’mirlanadi va jihozlanadi;
  • COVID-19 infeksiyasini aniqlash uchun test hajmi amaldagi ko‘rsatkichga nisbatan ko‘paytirilib, 500 mingta test sinovlari o‘tkaziladi;
  • respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktyabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xarid qilinadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring