Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava» olish uchun kelgan shaxs qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘ldi

«Prava» olish uchun kelgan shaxs qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 6-sentyabr kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan 4-tumanlararo ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limiga haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilib kelgan fuqaro qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

1974-yilda tug‘ilgan V.K.ning ma’lumotlari maxsus markazlashgan dastur orqali tekshirilganda, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25 va 166-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2016-yil sentyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Bo‘limda xizmat olib borayotgan DYHXX xodimlari A.Toshpo‘latov va S.Avazovlar tomonidan qidiruvdagi fuqaro V.K. ushlanib tuman IIBga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring