Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava» almashtirish vaqtincha to‘xtatiladi. Muddat yana cho‘zilishi mumkin — DXA

«Prava» almashtirish vaqtincha to‘xtatiladi. Muddat yana cho‘zilishi mumkin — DXA

Foto: «Xabar.uz»

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan 19 martdan – 2 aprel kunigacha vaqtincha ko‘rsatilmaydi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.

Qayd etilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir guvohnoma almashtirish punktiga kuniga 55-60 nafardan fuqaro murojaat qilganda – to‘liq qamrov uchun o‘rtacha 4 yil vaqt sarf qilinishi rejalashtirilgan edi. Hozirda esa, bir kunda 500-600 nafar fuqaro murojaat qilmoqda.

Respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni – qariyb 5,7 mln. nafarni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020-yildan – 2021-yilning oxiriga qadar, keyinchalik 2021-yildan – 2022-yilning so‘ngiga qadar) uzaytirilgan.

Bugungi kunga qadar 2,6 mln.dan ortiq haydovchilaring guvohnomalari yangisiga almashtirilgan, 3,1 mln.dan ortiq kishiniki esa hali hujjatlari almashtirilmagan.

Muammoni bartaraf etish uchun mas’ullar yangi choralar ko‘rishayotgani aytilmoqda. Unga ko‘ra:

Birinchidan, haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023-yilning 31-dekabriga qadar o‘zaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda;

Ikkinchidan, haydovchilik guvohnomalari almashtirilmagan fuqarolar sonidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilarning taxminiy soni va asosli talabini inobatga olib, haydovchilik guvohnomasini almashtirish punktlarini kamida ikki barobarga ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilning 1-aprelidan boshlab haqiqiy emas deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha, istisno tariqasida tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmasligi aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring