Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtdagi ayrim yo‘llarda harakat vaqtincha cheklanadi

Poytaxtdagi ayrim yo‘llarda harakat vaqtincha cheklanadi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida «Toshkent xalqaro marafon tadbiri» o‘tkazilishi munosabati bilan, poytaxtda bir qator ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

2022 yilning 25 mart kuni soat 16:00dan 27 mart kuni soat 18:00gacha:

  • Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha;

2022 yilning 27 mart kuni soat 05:00dan 18:00 gacha:

  • I.Karimov ko‘chasi: Olmazor ko‘chasidan Sh.Rashidov ko‘chasigacha;
  • Sh.Rashidov ko‘chasi: I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
  • Shahrisabz ko‘chasi: A.Temur ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi: Shahrisabz ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;
  • Oybek ko‘chasi: Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
  • Nukus ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
  • A.Qodiriy ko‘chasi: Abay ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha.

Ushbu ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring