Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt ko‘chalaridagi reydda 52 ta stiker bekor qilindi

Poytaxt ko‘chalaridagi reydda 52 ta stiker bekor qilindi

Foto: IIBB

Joriy yilning 6 aprel soat 18:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlariga jami 168 521 ta ariza kelib tushgan. Shundan, 163 444 ta ko‘rib chiqilib, 28 073 tasi qanoatlantirilgan (16,7%), 135 371 tasi rad etilgan (80,3%).

Davlat xizmatlari agentligi stikerlardan belgilangan maqsadlarga zid ravishda foydalanmaslik yoki ularni suiste’mol qilmaslik haqida bir-necha marta rasmiy ogohlantirishlarga qaramasdan, bu kabi holatlar ko‘plab kuzatilmoqda, deyiladi DXM xabarida.

6 aprel kuni soat 20.00 dan 7 aprel soat 6.00 ga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazlari o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilgan avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanishi ustidan nazorat-reyd tadbirlari natijasida  52 ta stiker bekor qilinib, avtomashinalar jarima maydoniga qo‘yildi.

Bu kabi nazorat-reyd tadbirlari muntazam ravishda respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi haqida ogohlantirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring