O‘zbekistonliklar bir yilda avtoraqamlarga qancha pul ishlatgani ochiqlandi
2021-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz veb-saytida 298,8 mlrd so‘mlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan.
Bu haqda Respublika tovar-xom ashyo birjasi ma’lum qildi.
Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40 foizga, hajmi bo‘yicha – 21 foizga o‘sgan.
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,1 mln so‘mni tashkil etgan.
Sotilgan avtoraqamlarning 91 foiz jismoniy shaxslar, 9 foiz - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 37 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 foiz – ikkinchi, 13foiz – uchinchi, 9 foiz – to‘rtinchi, 9foiz – beshinchi va 10foiz – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48foiz) Samarqand va Farg‘ona (8 foizdan), Namangan va Andijon (6 foizdan), hamda Buxoro (5 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter