O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda 147 marotaba qoidabuzarlik qildi
O‘zbekiston fuqarosi Aqtobeda 147 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Bu haqda Polisiya.kz xabar qilmoqda.
Ushbu natijani aniqlashda modernizatsiya qilingan «Miraj-Uragan» tizimi o‘z hissasini qo‘shgan.
Rossiyada yashash huquqiga ega bo‘lgan fuqaro, VAZ-21099 avtomashinasida 146 marta tezlikni oshirgan, bir marta qizil chiroqda harakatlangan.
Jarimalarning umumiy miqdori uch million tengedan oshgan. Politsiya materiallarni yig‘ib, qaror qabul qilish uchun ma’muriy sudga yuborgan.
Yil boshidan beri modernizatsiya qilingan «Miraj-Uragan» tizimi yordamida ilgari transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan 46 nafar haydovchi va 113 ta davlat qarzdorlari aniqlangan. 21 million tengedan ko‘p jarimalar undirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter