Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston avtomobil bozori: eksport kamaydi, import va ishlab chiqarish keskin oshdi

O‘zbekiston avtomobil bozori: eksport kamaydi, import va ishlab chiqarish keskin oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2022-yilning yanvar-mart oylarida 68 905 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 4451 taga oshgan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Ozarbayjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona yengil avtomobilni eksport qilgan. 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda ko‘rsatkich 8 763 taga kamaygan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 mln AQSh dollariga teng 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan. Yengil avtomobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.

O‘zbekistonga 3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan. Elektromobillar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring