O‘tgan yili 10 mingdan ortiq «Chery», «Exeed» va «Haval» avtomobillari ishlab chiqarilgan – Statagentlik
Statagentlik o‘tgan 2023-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ungil turdagi avtomashinalar haqida raqamlarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida:
- 118 093 dona «Cobalt» (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,2 foizga oshgan);
- 82 133 dona «Gentra» (5,7 foizga kamaydi);
- 546 dona «Spark» (96,2 foizga kamaydi);
- 89 154 dona «Damas» (23,4 foizga oshdi);
- 48 082 dona «Tracker» (5,3 martaga oshdi);
- 30 596 dona «Onix»;
- 25 586 dona maxsus yengil avtomobillar (22,2 foizga oshdi).
Shuningdek, Statistika agentligi bir necha turdagi xorij avtomobillarini ham «O‘zbekiston Respublikasida yirik korxonalar tomonidan yengil avtomobillar ishlab chiqarish» guruhiga qo‘shib sanamoqda.
Jumladan:
- 9 829 dona «Chery» (23,3 martaga oshdi);
- 15 036 dona «KIA» (2,5 martaga oshdi);
- 91 dona «Exeed»;
- 134 dona «Haval».
Iqtisodchi Otabek Bakirov, o‘z navbatida, yuqorida sanalgan brendlarga tegishli avtomobillar import qilinib yoki SKD tipida yig‘ilib sotilishini, ular qaysi metodologiya bo‘yicha milliy statistikaga qo‘shilayotganini savol ostiga olmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter