Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud mojaroga nuqta qo‘ydi: mashina orqa yon oynalariga parda o‘rnatish qonunbuzarlik emas!

Oliy sud mojaroga nuqta qo‘ydi: mashina orqa yon oynalariga parda o‘rnatish qonunbuzarlik emas!

Ancha vaqtdan beri davom etib kelayotgan mojaro - avtomobillarning orqa yon oynalariga parda o‘rnatish ma’muriy huquqbuzarlikmi yoki yo‘qmi, degan savolga Oliy sud uzil-kesil nuqta quydi:  qonunbuzarlik emas!

Oliy Masjlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevga ko‘ra, mazkur ma’lumotni bir nechta manbalar tasdiqlagan.

Ma’lumki, shu paytgacha mashinaning orqa yon oynalariga parda o‘rnatish Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi  Kodeksning 126-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik deb hicoblanib, haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarimaga tortilib kelinayotgan edi (agar shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, jarima  bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobar miqdorida belgilangan). Sud, chamasi, mashina orqa yon oylariga parda o‘rnatish «haydovchining tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar» toifasiga kirmaydi deb topgan.

 Yaqin vaqtlar ichida Oliy sudning bu bo‘yicha rasmiy xabar berishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring