Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar banan bargidan avtomobil ishlab chiqarishni taklif qilishmoqda

Olimlar banan bargidan avtomobil ishlab chiqarishni taklif qilishmoqda

Foto: «Fishki.net»

Yoxannesburg universiteti (JAR) olimlari avtomobillarni banan barglaridan ishlab chiqarishni taklif etishdi. Ushbu maqola «Journal of Materials Research and Technology» ilmiy jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilar banan bargi to‘qimasi uglerodli nanotrubka va epoksid qatron bilan birlashib, shovqin va tebranishni kamaytiradigan materialni hosil qilishini aniqlashdi. Ushbu materialning narxi nisbatan arzon bo‘lib, avtomobilsozlikda ishlatilishi mumkin, degan xulosaga kelishgan olimlar.

Bundan tashqari, banan barglaridan ishlab chiqarilgan mashinalar ekologik toza hamda chidamli bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, ulardan avtomobil dvigatellarining ichki qopqog‘i va eshik panellarini yasashda, shuningdek, shovqinni kamaytirishda foydalanish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring