Nurafshon shahrida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalon ochildi
2018-yilning 20-dekabr kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilning yanvar oyida Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshirig‘iga binoan barpo etilgan O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Multibrend avtosalonining faoliyati ushbu hududda 100 kishini ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Mazkur zamonaviy avtosalonning vazifasi O‘zAvto kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, katta yuk texnikalari hamda ehtiyot qismlarini sotish, shuningdek ularga servis, sotuv va davriy kafolatli texnik xizmat ko‘rsatishdir.
Shuningdek avtosalon xaridorlarga a’lo darajada xizmat ko‘rsatishi bilan qulaylik tug‘dirishni maqsad qilgan.
Zamonaviy multibrend avtosalonning shourumida doimiy ravishda «GM Uzbekistan», «SamAvto», «JV MAN Auto – Uzbekistan» hamda «UzAuto Trailer» kabi milliy avtosanoat korxonalarining Chevrolet, MAN, Isuzu va Kamaz brendlari doimiy ravishda taqdim etiladi. Bundan tashqari avtosalonda avtosug‘urta, avtomobil xarid qilish jarayonida davlat raqamlarini rasmiylashtirish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Qo‘shimcha qulaylik sifatida avtosalonda bank filiali ochilgan.
2400 kv.metrni tashkil qiladigan servis hududi zamonaviy texnika nuqtalari bilan jihozlangan. Bu yerda «O‘zavtosanoat»ning barcha brendlari uchun istalgan turdagi kafolatli va kafolatdan so‘nggi xizmatlarni ko‘rsatish uchun barcha zaruriy uskunalar o‘rnatilgan.
Shu kunning o‘zida, 10-dekabr kuni sotuvi boshlagan yangi model, Tracker avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, kompaniya qisqa muddatlarda 1000 dan ortiq yangi modeldagi avtomobillarni sotgan.
Mazkur modelni yirik uzelli yig‘ish ishlari «GM Uzbekistan»ning Toshkent shahridagi filialida amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter