«Nissan Leaf Open Car» elektrokabrioleti taqdim etildi
Yaponiyaning «Nissan» avtomobilsozlik kompaniyasi o‘z ixlosmandlarini yangi «Nissan Leaf» elektromobillari bilan xushnud etmoqda. Yaqinda kompaniya «Nissan Leaf Open Car» kabrioletini taqdim etdi, deb xabar beradi «ITC.ua».
Mazkur model seriyali ishlab chiqarilmaydi, balki Yaponiyada 2010-yildan buyon «Nissan Leaf» elektromobillaridan 100 ming nusxasi sotilgani munosabati bilan chiqarilgan. Ushbu kabriolet Tokioda bo‘lib o‘tgan forumda taqim etildi. Bu elektromobil bozorga chiqarilmasligi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, «Nissan Leaf 2018» elektromobillarining yangi avlodi rasman 2017-yilning sentyabrida taqdim etilgandi. Yangi mashina aerodinamik dizaynga ega. U o‘ziga o‘rnatilgan elektrodivatel bilan bir quvvat olishda 240 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir. Narxi — 29,9 ming dollarga baholangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter