Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nissan» kompaniyasi fikr kuchi yordamida boshqariladigan avtomobilni yaratdi

«Nissan» kompaniyasi fikr kuchi yordamida boshqariladigan avtomobilni yaratdi

Foto: «Motor.ru»

«Nissan» kompaniyasi CES ko‘rgazmasida mashinani fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradigan «Brain-to-Vehicle» (B2V) texnologiyasini taqdim etadi. Tizimning qanday ishlash maxsus avtomobil simulyator orqali ko‘rsatib beriladi, deya xabar qiladi «Motor.ru» nashri.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, yangi texnologiya odamga mashinani haydashdan zavqlanish imkonini beradi. Haydovchi o‘z boshiga taqishi lozim bo‘lgan elektron qurilma avtomobilni boshqarib ketayotgan kishi qanday harakatlarni amalga oshirishini oldindan biladi va unga bu borada yordam beradi.

Tizim uch soniya ichida haydovchi rulni qaysi tomonga burmoqchiligini yoki tezroq haydamoqchi ekanligini seza oladi. Shunga bog‘liq ravishda elektron yordamchilar ushbu ma’lumotlar asosida kerakli harakatga oldindan tayyorlanadi va uni tezroq bajaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, elektronika kerakli harakatni 0,2—0,5 soniyaga odamdan tezroq bajaradi. Bundan tashqari, B2V tizimi «avtopilot» tizimini takomillashtirishga ham yordam beradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring