«Neksiya» va «Kobalt» Rossiyada eng arzon sotilayotgan inomarkalar beshligiga kirdi (foto, narxlar)
Rossiyalik avtoekspertlar 2021-yil oktyabr oyi holatiga mamlakat bozorida eng arzon sotilayotgan inomarkalar (xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar) reytingini tuzishdi. Top-5 bilan tanishing (arzondan qimmatga qarab).
1. Renault Logan
Ushbu mashinalarning bazaviy modifikatsiyasi — Access ga 82 ot kuchiga ega 1,6 litr sig‘imli dvigatel o‘rnatilgan, 5 bosqichli mexanik uzatmalar qutisiga ega.
Mazkur turkumning eng qimmat komplektatsiyasi — Life. 102 ot kuchiga ega 1,6-litr sig‘imli dvigatel, 4 bosqichli avtomat korobka.
Narxi:
Access — 734 000 rubl;
Life — 926 000 rubl.
2. Renault Sandero
Sandero modellari Logan bilan bir xil motor va korobkalarga ega. Bazaviy modifikatsiyasi — Access.
Xuddi shu mashinalarning qimmatroq shakli — Life konditsioner, AUX, USB, Bluetooth kabi texnologiyalarni qo‘llovchi audiotizimga hamda ayrim afzalliklarga ega.
Narxi:
Access — 763 000 rubl;
Life — 955 000 rubl.
3. Chevrolet Nexia
1,5 litr sig‘imli dvigateli 105 ot kuchiga ega, 5 bosqichli mexanik yoki 6 diapazonli avtomat korobka o‘rnatilgan. «Nexia-3»larning eng arzonlari — LS MT, eng qimmatlari — «avtomat»li LTZ, yozmoqda «Tarantas Nyus.
Narxi:
LS MT — 818 900 rubl;
LTZ (AK) — 904 900 rubl.
4. Chevrolet Cobalt
Avtohavaskorlarning Cobalt haqida fikrlari umuman olganda yomonmas, biroq dizayni barchaga ham yoqmasligi mumkin, deyiladi xabarda. Biroq, qo‘shimcha qilinishicha, texnik jihatdan mashina anchayin ishonchli va chidamli. 1,5 litr sig‘imli, 4 silindrli motori 106 ot kuchiga ega. Komplektatsiyasiga qarab, 5 bosqichli mexanik yoki 6 bosqichli avtomat korobka bilan chiqariladi. Bunda ham eng arzoni — LS MT, eng qimmati — «avtomat» LTZ.
Narxi:
LS MT — 829 900 rubl;
LTZ (AK) — 955 900 rubl.
5. Hyundai Solaris
Top-5 ni Hyundai Solaris yopib beradi. Garchi oxirgi yillarda mashina dizayn jihatidan katta o‘zgarishlarga uchragan bo‘lsa-da, texnik jihatdan oldingi talqinlaridan farq qilmaydi.
Ushbu sedan Kappa turkumiga kiruvchi 1,4 litr sig‘imli, 100 ot kuchiga ega hamda Gamma turkumidagi 1,6 litrli, 123 ot kuchiga ega dvigatellar bilan ta’minlangan. Bularda ham mexanik va avtomat korobkalar bor. Eng arzon xili — Active, eng qimmati — Elegance.
Narxi:
Active — 890 000 rubl;
Elegance — 1 186 000 rubl.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter