Nega Dubay politsiyasi Lamborghini o‘rniga Xitoyning «Qizil bayroq»lariga o‘tyapti? (video)
![Nega Dubay politsiyasi Lamborghini o‘rniga Xitoyning «Qizil bayroq»lariga o‘tyapti? (video)](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1307460855.jpg)
Birlashgan Arab Amirliklari politsiyasi xizmat mashinalarini (ular faqat sportkarlardan foydalanishadi) Xitoyda chiqarilgan avtomobillarga almashtirishni boshladi.
Dubay politsiyasiga keltirilgan elektr motorli Hongqi E-HS9 krossoveri birinchi xitoylik bo‘ldi. Hongqi — xitoychadan tarjima qilinganda «Qizil bayroq» ma’nosini beradi.
U 2011-yilda chiqarilgan (BAA mezonlari bo‘yicha eskirgan) Lamborghini Aventador LP700-4 o‘rnini egallaydi.
Italiyaliklar va xitoyliklar avtomobilidagi yagona o‘xshash jihat bu — juda obro‘li sanaluvchi 8 davlat raqami.
Hongqi E-HS9 elektromobillari yordamida dubaylik politsiyachilar «yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha strategik maqsad»ni uddalashmoqchi.
«Dubay politsiyasi o‘z avtoparkini doim eng samarali va yangi transport vositalari bilan ta’minlashga intilib kelgan», — ta’kidladi general-mayor Xalil al-Mansuriy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter