«Metan zapravka»larga cheklovni Andijon boshlab berdi
Andijon viloyatidagi «metan zapravka»larga tabiiy gazni yetkazib berish 4 dekabrdan har kunlik ertalab soat 06:00 dan - soat 15:00 ga qadar belgilandi.
«Viloyatimizdagi haydovchilardan avtoulovlariga gaz to‘ldirish zaruriyatini shu vaqt oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raymiz.
AGTKShlar faoliyatidagi o‘zgarishlar kuzatilsa qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Qayd etilishicha, havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlari (maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqalar)ga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter