Mast haydovchi YPX xodimining bodikamerasini sindirdi
Joriy yilning 16-mart kuni soat 00:50 larda haydovchi Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvida bo‘lgan «UAZ» rusumli avtomashinasida A 373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 389 kilometrida boshqarib ketayotib, boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, holat bo‘yicha viloyat IIB YXXB katta inspektori A.Bo‘stonov voqea joyiga borib, haydovchi A.I.dan holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazayotgan vaqtida haydovchi mast holatda xodimning qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan YPX inspektorining bodikamerasini yulib olib yerga urib yaroqsiz holatga keltirgan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter