Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda 19 nafar «Damas»chi qamoqqa olindi

Marg‘ilonda 19 nafar «Damas»chi qamoqqa olindi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Marg‘ilonda YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar huquqbuzar ma’muriy qamoqqa olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, Marg‘ilon shahar markazidagi B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon – Farg‘ona shaharlari hamda Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi «Damas» rusumli avtomashina haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi oldiga hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovchilarning harakatiga halal berayotganligi sababli viloyat IIB YHXB xodimlari mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida yetib kelishadi.

Ammo, qayd etilishicha, «Damas» haydovchilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etishgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan jami 19 nafar huquqbuzar «Damas» haydovchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Marg‘ilon shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring