Lizingga avtomashina – aldov bo‘lib chiqdi
Lizing shartnomasi asosida avtomashinalarni olib berishni va’da qilgan MChJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.F.» MChJ mansabdor shaxslari fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga lizing shartnomasi asosida avtotransport vositalarini olib berishni va’da qilib, 2020 yilning yanavr-may oylarida 14 nafar fuqarodan boshlang‘ich to‘lov sifatida 111,1 mln so‘mni qabul qilib, bugungi kunga qadar avtotransport vositalarini yetkazib bermasdan yoki ularning talablariga asosan to‘lagan pullarini qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter