«Cobalt uchun shartnomalar tarqatib bo‘lindi» — UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, 26 dekabr kuni Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 98.3 mingdan ortiq shartnomalar tuzilgan. Ularning 95 foizi Cobalt avtomobiliga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan, Cobalt avtomobillarining kontraktatsiyasi tugatilgan. Ayni paytda «UzavtoSavdo» onlayn-savdo tizimi orqali «Damas» va «Labo» avtomobillariga shartnoma tuzish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr soat 12:00 da ommabop avtomobillarning 2024 yilgi butun ishlab chiqarish rejasi uchun onlayn kontraktatsiya boshlanishi haqida ma’lum qilingandi. Ammo dastlabki kunda muammolar yuzaga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter