Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlarga haydovchilik guvohnomasi va bir oylik harbiy xizmatni o‘tash harajatini davlat to‘lab berishi ma’lum bo‘ldi

Kimlarga haydovchilik guvohnomasi va bir oylik harbiy xizmatni o‘tash harajatini davlat to‘lab berishi ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasiga bag‘ishlangan videselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unga ko‘ra, davlat rahbari tomonidan qaysi toifadagi yoshlarga davlat tomonidan qanday yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 1-iyundan boshlab, «yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni o‘tash xarajatlari budjetdan to‘lab beriladi.

Shuningdek, «yoshlar daftari»ga kirganlarga, qiziqishidan kelib chiqib, xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatining bir qismi qoplanadi.

Shu bilan birga, 1 iyuldan boshlab xususiy korxonalarda yangi ish boshlagan xodimlarni  qayta tayyorlash xarajatining 1 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga subsidiya beriladi.

Bundan tashqari, yoshlarning professional ta’lim maktablari, texnikumlarda o‘qishi uchun to‘lanadigan kontrakt summasi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Prezident tomonidan ta’kidlanishicha, shshbu maqsadlar uchun Yoshlar agentligiga yil davomida qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring