Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kecha yana 455 ta avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi

Kecha yana 455 ta avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi

Yo‘l-patrul xizmati va Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan 11 aprel kuni Toshkent yo‘llarida umumiy 672ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Ulardan 329ta yo‘l harakati qoidabuzarligi faktlari qayd etildi. 455ta avtomobil jarima maydonchasiga joylandi.

343ta avtomobil haydovchilariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi «Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish» ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Ulardan 246ta avtomobil haydovchilari tegishli ruxsatnomasiz (stiker) shahar bo‘ylab harakatlanayotgani uchun jarima maydonchasiga joylandi. Ularga nisbatan SEX xodimlari tomonidan huquqbuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismiga «Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish» ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirildi. Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha ya’ni (4 mln. 460 ming so‘mdan 6 mln. 690 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha ya’ni (6 mln. 690 ming so‘mdan 11 mln. 150 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring