Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kaskadyor qiz» topildi va «nasibasi»ni oldi

«Kaskadyor qiz» topildi va «nasibasi»ni oldi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda «Kaskadyor qizning romantik sayohati — kameraga tushib qolibdiku» sarlavhasi ostida fotolavha tarqalgan edi.

Kuni kecha Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqildi va avtoulov aniqlandi.

Hodisa Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 26-iyun kuni sodir etilgan. Haydovchi salonidagi yo‘lovchining xavfsizligini ta’minlamaganligi va yo‘l harakati qoidalarining 11-bandida ko‘rsatib o‘tilgan talablarni bajarmaganligi uchun MJtKning 128(5) moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilib, tanasini avtomashidan chiqarib harakatlangan qiz ham aniqlandi va unga nisbatan tegishli tartibda jarima belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring