Kaliforniyada benzin yoquvchi yangi avtomashinalarni sotish taqiqlanadi
AQShning Kaliforniya shtatida 2035-yildan benzinli dvigatelli yangi mashinalarni sotish taqiqlanadi. Shtat ma’muriyati iqlim o‘zgarishlariga qarshi va havo tozaligi uchun shunday kurashmoqda.
CNBC yozishicha, benzin yoquvchi eski avtomobillar taqiqqa tushmaydi: ularni minish, ikkilamchi bozorda sotish va sotib olish mumkin.
Shtat gibrid mashinalar sonini ham tinmay qisqartirib borishni rejalashtirgan. 2035-yilga borib gibrid mashinalarning bozordagi ulushi 20 foizgacha pasayib, elektromobillar va vodorodda yuruvchi avtolarning ulushi 68 foizga yetishi kutilyapti.
Ekspertlarga ko‘ra, bu choralar natijasida 2040-yilga borib havoning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi 50 foizgacha qisqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter