Jarimalardan birining miqdori uch baravarga kamaytirilishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish holati uchun belgilangan jarima miqdorlarini qamaytirish taklifi ilgari surildi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev xabar berdi.
Qo‘mita taklifiga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlik uchun jarimani BHMning bir baravari (223 ming so‘m) miqdorida belgilash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, huquqbuzarlikni takroran sodir etilganda jarima miqdorini oshishi ham bekor kilinishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda qo‘mita a’zosi, deputat Farhod Ashmatov tomonidan O‘zbekiston MJtKning 128-6-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) uch baravari ya’ni 668 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ayni huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish haydovchiga BHMning besh baravari (1 mln 113 ming so‘m) miqdorida, uchinchi marta sodir etilishi esa BHMning o‘n baravari (2 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter