Janubiy Koreya avtomobillar eksportidan bir oyda salkam $5 mlrd daromad oldi
![Janubiy Koreya avtomobillar eksportidan bir oyda salkam $5 mlrd daromad oldi](https://static.xabaruz.com/crop/5/3/720_460_95_532084761.jpg)
Hyundai zavodi ishchisi.
Yanvar Janubiy Koreya avtomobillar eksporti uchun rekord oy bo‘ldi, deb xabar berdi Business Korea.
Eksport hajmi o‘sishi avtomobillar uchun yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi qisqarayotgan va ekologik toza avtomobillar savdosi oshayotgan pallaga to‘g‘ri keldi.
Yanvarda Janubiy Koreya eksport qilgan avtomobillar qiymati $4,984 milliardni tashkil etdi, bu butun koreys avtosanoati tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichli oy, deyiladi mamlakat savdo, sanoat va energetika vazirligi ma’lumotida.
Ko‘rsatilgan davrda avtomobillar eksporti 2022-yilning yanvariga nisbatan 21,9 foizga o‘sgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter