Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat va yo‘lovchi tashuvchi transportda videoregistrator o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi

Jamoat va yo‘lovchi tashuvchi transportda videoregistrator o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi

Foto: «intrucks.com»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida hukumatning «Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-iyuldan mulkchilik shaklidan qat’i nazar jamoat transporti va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari uchun videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartib joriy etiladi.

Huquqbuzarlik qayd etilgan videoyozuvlarni yuborgan fuqarolar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

Videoregistratorlar orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan videoyozuvlarni taqdim etgan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hujjat muhokamasi 2018-yil 3-avgustgacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring