Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon avtomobil bozorida nima gaplar?

Jahon avtomobil bozorida nima gaplar?

Foto: «Yandeks»

Xalqaro avtobozorda yengil mashinalar va yengil tijoriy mashinalar savdolari 2019-yil aprel oyida 6,9 foizga pasaydi (2018-yil apreliga solishtirilganda). Bu haqda 29 may kuni «Avtostat» agentligi xabar berdi.

2019-yil aprel oyida jami 7,2 million dona, shu yilning dastlabki to‘rt oyida esa 29,7 millionta avtomashina sotildi.

Eng yirik mashina bozori Xitoy — aprel oyida 1,9 million dona avtoulov sotildi. Ammo bu 2018 yil aprelidagidan 14,3 foizga kam. Umuman, Xitoyda mashinalar savdosi o‘n oydan beri pasayib kelyapti. Bunga sabab Xitoy umumiy iqtisodiy o‘sishdagi «tormoz» va AQSh bilan savdo urushidir.

AQSh avtobozorining yirikligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda — aprelda 1,3 millionta avtomashina sotildi. O‘tgan yilga solishtirish darajasida o‘sish yoki pasayish yuz bergan emas.

Uchinchi yirik bozor — bir oyda 1,4 millionta mashina xaridorini topgan G‘arbiy Yevropa.

Sharqiy Yevropada esa aprel oyida 340,7 ming avtohavaskor mashinali bo‘ldi.

Yirikligi bo‘yicha keyingi bozorlar: Janubiy Amerika (256,8 ming mashina), Yaponiya (374,1 ming), Kanada (184,3 ming) va Janubiy Koreya (151,5 ming).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring