«GM Uzbekistan»dan aksiya: «Lacetti» uchun boshlang‘ich to‘lovi 10 foizlik avtokredit
«GM Uzbekistan» kompaniyasi «Kapitalbank» bilan hamkorlikda «Lacetti» avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni joriy qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda Lacetti SX M/T (1-poz.) avtomobiliga quyidagi shartlar asosida imtiyozli kredit rasmiylashtirish mumkin:
- 10% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — 22% yillik;
- 30% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — 20% yillik;
- 50% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — 19% yillik;
- 60% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 15 oygacha — 18% yillik.
Imtiyozli avtokredit uchun hozirda 1000 dona mazkur rusumdagi avtomobil jamlanmasi sotuvga chiqarilgan.
Tez orada kommaniya avtokredit rasmiylashtirish orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan «GM Uzbekistan» avtomobillari modellarini kengaytirishini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter