Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» yana Qirg‘izistonga avtomobil eksport qila boshladi

«GM Uzbekistan» yana Qirg‘izistonga avtomobil eksport qila boshladi

Foto:«Avtovolgograda.ru»

22-aprel kuni  «GM Uzbekistan»  AJ avtomobillarini Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qila boshladi.

Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, Qirg‘izistonga avtomobillar «Ravon»  brendi ostida eksport qilinadi.

Bugungi kungacha kompaniya avtomobillari Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga amalga oshirildi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi «SariarkaAvtoProm» zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.

Avvalroq, «GM Uzbekistan» bu yil «Chevrolet Equinox» krossoverini va «Chevrolet Trailblazer» yo‘ltanlamas mashinani ishlab chiqarishi ma’lum bo‘lgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring