«GM Uzbekistan» «Captiva» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
«GM Uzbekistan» AJ «Chevrolet Captiva» avtomobilini ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish yakunlanishini ma’lum qildi.
«Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arzilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bugundan to‘xtatiladi»,- deyiladi kompaniya xabarida.
«GM Uzbekistan» AJ dillerlik korxonalari bilan birgalikda «Chevrolet Captiva» rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini yil ohirigacha to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.
«Chevrolet Captiva» avtomobili mamlakatimiz bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil to‘ldi. Ilk bor Captiva avtomobilini O‘zbekistonda yirik tarmoqli yig‘ish 2007 yilning oktyabr oyidan boshlangan. 2011 yilning sentyabr va 2017 yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter