«G‘ildirakli tobut»: Eng xavfli avtomobillar! (foto)
Bir qarashda deyarli hamma mashinalar pishiq-puxta, sifatiga gap yo‘q. Rulga o‘tirgandan keyin yuzaga keladigan muammo ba’zida eng so‘nggisi bo‘lishi mumkin...
Ekspertlar «eng xavfli avtomobillar» ro‘yxatini tuzishdi.
«Ford Explorer»
O‘tgan asrning 90-yillarida chiqarilgan «Ford Explorer» modelining birinchi avlodi, shubhasiz, «eng muammoli» mashina edi. Tasavvur qiling, tep-tekis yo‘lda ketayotgan mashina balloni o‘z-o‘zidan portlab ketsa... Muhandislar keyinchalik konstruktiv nuqsonni tuzatib, «Explorer»ni qutqarishdi.
«Geely CK1»
Xavfsizlik bobida autsayderlardan yana biri — «Geely CK1». Opsiyalarga boyligi, nisbatan arzonligi bilan tilga tushgan bu mashina to‘qnashuvlar payti konserva bankasi kabi majaqlanib ketishi bilan ham «mashhur» edi.
«Chevrolet Corvair»
«Chevrolet Corvair» — burilishlarda xavfli mashina. Uning ishtirokidagi avariyalarning ko‘pi to‘ntarilish bilan tugardi. Mashinaning o‘sha paytdagi texnik xususiyatlarini hisobga olsak, to‘ntarilish ko‘pincha haydovchi va yo‘lovchilarning hayotiga zomin bo‘lardi.
«BMW Isetta»
«BMW Isetta» — ilk mitti mashinalardan biri. Xavfliligi aynan kichik jussasida edi. Katta mashinalar orasida bu mashinani haydash tavakkaldan boshqa narsa emas. Xullas, «Isetta» katta mashinalar oqimida yo‘q bo‘lib ketdi...
«DeLorean DMC-12»
«Kelajakka qaytish» filmi orqali barchaning «orzu mashinasi»ga aylangan «DeLorean DMC-12» aslida «to‘rt g‘ildirakli tobut» edi — yo‘lda bir kor-hol yuz bergudek bo‘lsa, birinchi navbatda o‘sha mashhur eshiklari pand berib, egasi uchun naq temir qopqonga aylanardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter