Fotoradarlar qayd etgan 24 ming qoidabuzarlik jarimasi to‘lanmagan
2019 yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent viloyati hududida joylashgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari (fotoradarlar) orqali tezlikni me’yoridan oshirish holati bo‘yicha 37 ming 891 qoidabuzarliklar aniqlandi.
24 ming 519 transport vositasi egasi yashash manziliga belgilangan jarima qog‘ozi yetkazilganiga qaramasdan, jarimalar to‘lamangan.
Jarimalarni o‘z vaqtida undirish maqsadida viloyat hududida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda «AUTO CON» uskunasi yordamida belgilangan muddatda jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni aniqlab, ularning avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter