Farg‘onada «MultaRadar» bir kunda 550 nafar «uchqur»ni tutdi
Kecha, 13 fevral kunidan «Neksiya 3» avtomashinalariga o‘rnatilgan «MultaRadar»lar «ovga chiqqan».
Qayd etilishicha, ushbu radar 10 soat vaqt ichida Farg‘ona viloyati bo‘yicha 550 ta avtomashinalarning yo‘llarda tezlikni oshirish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarini aniqlagan.
Aytilishicha, bu «MultaRadar»ni hatto antiradarlar ham o‘z vaqtida aniqlay olmas ekan. Yo‘llarda tezlikni oshirmang, hurmatli yo‘lovchilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter