Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada dron aniqlagan qoidabuzarliklarga jarimalar yozish boshlandi

Farg‘onada dron aniqlagan qoidabuzarliklarga jarimalar yozish boshlandi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

1-yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidalariga va jamoat joylarida tibbiy niqob rejimiga rioya etilishi ustidan dronlar yordamida nazorat o‘rnatilgandi.

Shuningdek, belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar hamda tibbiy niqobdan foydalanmagan, jamoat tartibini buzgan fuqarolar huquqbuzarliklari aniqlanadi.

Viloyat IIB axborot xizmati xabar berishicha, dronlar yordamida aniqlangan qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring