Rossiyada «o‘zbek avtomobillari»ning bozori chaqqon! (foto)
![Rossiyada «o‘zbek avtomobillari»ning bozori chaqqon! (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/6/9/720_460_95_694047071.jpg)
«Avtostat» Rossiya avtomobil bozoridagi 2021-yilgi savdolarni tahlil qildi, deyiladi «Profil» xabarida.
O‘tkazilgan tahlil xaridorlarning katta qismini erkaklar tashkil etishini ko‘rsatmoqda, har uchinchi avtomashina (33 foiz) esa ayollar tomonidan sotib olinmoqda.
Erkak xaridorlar o‘rtacha 46 yosh, avtoxonimlar 43 yoshda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, tafovut faqat yoshda emas, balki har ikki toifa tanlayotgan avtomobil modellarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Diqqatni tortgan jihati, 2021-yilda rossiyalik erkak va ayollar «o‘zbek avtomobillari»ni sotib olishga zo‘r berishgan!
Ayollar eng ko‘p sotib olgan top-5 avto:
1. Citroen C3 Aircross (kompakt krossover, Fransiya, 2021-yilgi xaridorlarning 88,2 foizi — ayollar).
2. Chevrolet Spark (subkompakt mashina, O‘zbekiston, ayol xaridorlar — 78,1 foiz).
3. Mercedes-Benz GLA (premial krossover, Germaniya, 75,5 foiz).
4. Toyota C-HR (kompakt krossover, Yaponiya, 75,3 foiz).
5. Porsche Macan (sport mashinasi, Germaniya, 74,4 %.
Erkaklar eng ko‘p sotib olgan top-5 avto:
1. Chevrolet Tahoe (yo‘ltanlamas, xaridorlarning 90,9 foizi — erkaklar).
2. UAZ «Xanter» (Rossiya, 86,1 foiz).
3. Peugeot 408 (sedan, Fransiya, 85,9 foiz).
4. Lada Niva (Rossiya, 85,4 foiz).
5. Audi A4 Allroad Quattro (Germaniya, 85,3 foiz).
5. Haval H5 (yo‘ltanlamas, Xitoy, 85,3 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter