Eng qimmat mashina necha pul? 2018-yilda O‘zbekistonda qaysi avtomashinalarga talab yuqori bo‘ldi? (infografika)
«OLX Avto» xizmati o‘z bazasidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, 2018-yilning iyul oyidan dekabr oyigacha O‘zbekiston ikkilamchi bozorida ko‘proq qaysi avtomobillar xarid qilinganini aniqladi.
«OLX» e’lonlar xizmati «Xabar.uz»ga ma’lumot berishicha, O‘zbekiston ikkilamchi bozorida «Nexia» mashinasiga talab eng yuqori ekan. Ikkinchi o‘rinda — «Spark», uchinchi o‘rinda — «Lacetti».
«Chevrolet» turkumidagi mashinalar barcha xaridlarning 60 foizini tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda «LADA» («VAZ») — 14 foiz, uchinchi — «Daewoo» (10 foiz).
Hozirgi kunda «OLX» «Yengil avtomashinalar» bo‘limida 17 700 dan ortiq e’lon bor.
Sotuvga qo‘yilgan eng qimmat mashina — narxi 405 ming u. ye. bo‘lgan yangi «Lamborghini Urus I».
O‘zbekiston ikkilamchi bozoridagi eng ommalashgan mashinalar bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter