Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron ishonchnomani onlayn bekor qilish xizmati ishga tushdi

Elektron ishonchnomani onlayn bekor qilish xizmati ishga tushdi

My.gov.uz portalida «Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga taqdim qilingan elektron ishonchnomani bekor qilish» xizmati ishga tushirildi.

Qayd etilishicha, endi mulkdorlar avtotransport boshqaruvi uchun rasmiylashtirgan elektron ishonchnomani masofadan turib bekor qila olishadi.

Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalidan olingan ishonchnomaning seriyasi va raqamini kiritish lozim. Xizmat uchun haq olinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabridan my.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring