Elektromobillar soni bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar ma’lum qilindi
Xitoy dunyo elektromobil bozorida yetakchilikni tobora mustahkamlamoqda, boshqa mamlakatlar bilan o‘rtadagi tafovut ortib bormoqda.
Shtutgartdagi ZSW tadqiqot instituti ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy ko‘chalarida joriy yil boshida 14,6 millionta elektromobil harakatlangan. Bu jahondagi jami elektromobillarning (27,7 million dona) 53 foizi Chin o‘lkasi hissasiga to‘g‘ri keladi deganidir.
Bu bo‘yicha keyingi o‘rinlarni AQSh (3,4 million), Germaniya (1,9 million), Fransiya (1,1 million) va Buyuk Britaniya (1 million) egallagan.
O‘zbekistonda ham elektromobillar soni yil sayin ko‘paymoqda. 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2180 dona elektromobil import qilingan. Mazkur ko‘rsatkich 2021 yil bilan solishtirganda 1371 taga oshgan. E’tiborga molik jihati, O‘zbekistonga elektromobil sotishda ham Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Mazkur mamlakat bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida elektromobil zavodi barpo etish rejasi ham e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter